Koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish uchun mo‘ljallangan yangi xizmat ko‘rsatish qoidalarining joriy etilishi bois, biz biznes-klass yo‘lovchilariga "taomdan taomga" taom taqdim etish xizmatini vaqtincha to‘xtatdik. Sovuq va issiq ovqatlarni, shuningdek, barcha turdagi ichimliklar uchun bir martalik idish ishlatiladi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Parvoz davomiyligi 2 soat va undan ortiq bo‘lgan reyslar taomnomasi:
Issiq ichimliklar:
qora, ko‘k choy;
eruvchan qaxva;
tuyilgan qaxva*: amerikano, espresso, kapuchino, latte.
*Maydalangan qaxva faqat Boeing 787-03/04/05 havo kemalarida taqdim etiladi
Spirtli ichimliklar.
Xohishingizga ko‘ra, xodimlarimiz sizga spirtli ichimliklar tanlashni taklif etadi: shampan vinosi, pivo, aroq, viski, konyak, oq va qizil vino.
“Uzbekistan Airways” havo kemalarida Fransiya va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vinolar taqdim etiladi.
Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda asosiy taomnomadan tashqari issiq nonushta ham taklif etiladi. Sabzavot yoki qo‘ziqorinli omlet, tvorog bilan tayyorlangan yumshoqqina sirniklar yoki quymoqlarga buyurtma berishingiz mumkin.
Reysdagi taomnoma tarkibi haqidagi dolzarb ma’lumotni havo kemasi bortidagi bortkuzatuvchilardan olishingiz mumkin.