Onlayn xizmat www.rail-checkin.com orqali Germaniya ichidagi sayohatlar uchun Deutsche Bahn yo‘nalish kvitansiyasini (bortga chiqish talonini)olish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Eslatma: Rail&Fly chiptasi – Uzbekistan Airways aviakompaniyasining xalqaro qatnovlari (Toshkent-Frankfurt/Myunxen va qaytish) hamda Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo‘llari uchastkalarini o‘z ichiga olgan yagona tashuv uchun chipta.
Yo‘nalish kvitansiyasini olish uchun (temir yo‘l poyezdiga chiqish taloni) chipta narxi to‘langandan keyin yo‘lovchi www.rail-checkin.com,saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerak, buning uchun temir yo‘l tashish sanasidan kamida 180 kun oldin ruxsat beriladi.
To‘lovlari amalga oshirilgan chiptani ro‘yxatdan o‘tkazishning bosqichma-bosqich tartibi:
- www.rail-checkin.com. Saytiga o‘tish
- Yo‘lovchining ismi va familiyasini kiritish orqali identifikatsiyadan o‘tish, shuningdek, 13 ta raqamdan iborat aviachipta raqami yoki 6 ta harflar va raqamlar kombinatsiyasidan iborat bron raqamlari ham kiritiladi.

- Yo‘lovchi va yo‘nalish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlash. Guruhlarga bron qilingan holatlarda, ushbu bosqichda ushbu bron ro‘yxatidan bir yo‘nalish bo‘ylab sayohat qiluvchi 4 nafar yo‘lovchini qo‘shish mumkin.
- Kerakli temir yo‘l qatnovini tanlash.

- Qo‘shimcha ravishda temir yo‘l tashuvi bron qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlash.
- Mobil qurilmaga yuklab olish va yo‘lovchini ko‘rsatilgan e-mail elektron pochtasiga yuborish uchun mavjud bo‘lgan yo‘nalish kvitansiyasini (temir yo‘l poyezdiga chiqish talonini) olish.


Qaytarish.
- Foydalanilmagan tashuv uchastkalari uchun pul mablag‘larini qaytarish Rail&Fly chiptasi sotib olingan joyda amalga oshiriladi va zarur holatlarda tariflarni qo‘llash qoidalariga muvofiq, qaytarilgan chipta uchun yig‘imlar undiriladi.
- Agar yoʻlovchi temir yoʻl tashish sanasidan ikki kun oldin www.rail-checkin.com saytida oldindan roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, Rail&Fly chiptalari uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarib olishda har bir ro‘yxatdan o‘tgan temir yo‘l segmenti uchun biznes-klass xizmati uchun 91 Evro va ekonom-klass xizmati uchun 48 Evro miqdorida qo‘shimcha jarima to‘lovlari ushlab qolinadi.