Kartalar egalarining imtiozlari

"Silver"

"Gold"

1. Reysda joy bo‘lmaganda kutish varag‘idagi ustuvorlik

Ha

Ha

2. Yo‘lovchi O‘zR aeroportlaridan uchib ketishi va kelishida CIP zalida xizmat ko‘rsatish, aeroportda shunday zal mavjud bo‘lganda, ishtirokchi tomonidan MSO taqdim etilganidan so‘ng

Yoq

Ha

3. Bagaj miqdorini vazn konsepsiyasi bo‘yicha o‘lchanadigan yo‘nalishlarda belgilangan bepul bagaj miqdoriga qo‘shimcha ravishda 15 kg bepul bagaj. Bagaj me’yorini joylar soniga qarab o‘lchashda - og‘irligi 15 kg dan ortiq bo‘lmagan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 158 sm dan oshmagan bagaj uchun ro‘yxatdan o‘tgan bitta bagaj joyi.

Ha

Yoq

4. Bagaj miqdorini vazn konsepsiyasi bo‘yicha o‘lchanadigan yo‘nalishlarda belgilangan bepul bagaj miqdoriga qo‘shimcha ravishda 20 kg bepul bagaj. Bagaj me’yorini joylar soniga qarab o‘lchashda - og‘irligi 20 kg dan ortiq bo‘lmagan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 158 sm dan oshmagan bagaj uchun ro‘yxatdan o‘tgan bitta bagaj joyi.

Yoq

Ha

IZOH:

1. Bagajni bepul tashish qo‘shimcha me’yorlari ko‘rinishidagi qo‘shimcha imtiyoz OW marshruti kabi RT marshruti bo‘yicha ham taqdim etiladi. Ushbu imtiyoz yo‘lovchi tomonidan mukofot nomi ko‘rsatilgan balans (faol ballar) raspechatkasi, yozib berilgan aviachipta va imtiyozli daraja kartochkasi taqdim etilganda, pullik bagaj kvitansiyasini rasmiylashtirish yo‘li bilan oldindan rasmiylashtirilishi lozim.

2. CIP zali orqali rasmiylashtirish ko‘rinishidagi qo‘shimcha imtiyoz O‘zR aeroportlaridan uchib ketish va kelishda taqdim etiladi. Ushbu imtiyoz yo‘lovchi tomonidan mukofot nomi ko‘rsatilgan balans (faol ballar) raspechatkasi, yozib berilgan aviachipta va imtiyozli daraja kartochkasi taqdim etilganda, MSOni rasmiylashtirish yo‘li bilan oldindan rasmiylashtirilishi lozim.

3. “SILVER” va “GOLD” kartalari egalari uchun bepul bagaj olib ketish me’yorlarini oshirish ko‘rinishidagi imtiyozlarni qo‘lga kiritish huquqi, “GOLD” kartasi egalari uchun CIP zalida bepul xizmat ko‘rsatilish huquqi beriladi. Bunday imtiyozlar tegishli karta va qatnashchining joriy hisobida faol ballar mavjudligi tasdiqlangan ballar balansi ko‘rsatilganda beriladi.CIP zalida imtiyozli xizmatlar ko‘rsatilishi MCO orqali rasmiylashtiriladi, bepul bagaj olib ketish me’yorlarini oshirish pullik bagaj kvitansiyasi to‘lg‘azish orqali rasmiylashtiriladi.

Dastur qatnashchisi “PREMIUM” kartasi olganidan so‘ng 250 000 va undan ko‘p ball yiqqach unga “SILVER” kartasi topshiriladi va hisob noldan boshlanadi.

Ishtirokchining hisobidagi sovrinli ballarni to‘plashda ishtirok etadigan faol ballari soni saqlanadi.

Agar dastur qatnashchisi “SILVER” kartasi hisobiga 350 000 va undan ortiq ball to‘plasa, u “GOLD” bosqichida yangi hisob ochadi va hisob noldan boshlanadi.

Aviakompaniya “SILVER” va “GOLD” kartalari egalari uchun imtiyozlarni o‘zgartirish huquqiga ega.

eye
Специальные возможности