Uch kun davomida ko‘plab madaniy tadbirlar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar, turizm sohasi mutaxassislarining chiqishlari o‘tkazildi.

Uch kunlik TXTY-2023 ko‘rgazmasi doirasida Uzbekistan Airways milliy va xorijiy sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar va reklama agentliklari bilan qator muzokaralar olib bordi. Xususan, butun dunyo boʻylab mehmonxonalarni bron qilish, transportlarni ijaraga olish, diqqatga sazovor joylarga sayohat qilish va boshqa yo‘nalishlar boʻyicha onlayn xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekistonning turli joylari, xususan, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari kabi tog‘li hududlarning sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. “Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “Uzbekistan Helicopters” MChJ bir qancha taniqli sayyohlik agentliklari bilan B2B uchrashuvlari o‘tkazdi va muzokaralar olib borishga muvaffaq bo‘ldi.

Umumiy hisobda Uzbekistan Airways 50dan ortiq hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazib turli xil kompaniyalar bilan kelishuvga erishdi. Mazkur xalqaro yarmarkalar aviakompaniya xizmatlarini taniqli kompaniyalar bilan bir qatorda taqdim etish uchun yana bir sabab va mijozlar bazasini ko‘paytirish imkoniyatidir.

Uch kun davomida aviakompaniya stendiga mingdan ortiq odamlar tashrif buyurdi. Tadbir mehmonlari tanlovlarda qimmatbaho sovg‘alar, vertolyot parvozi hamda Istanbul, Dubay, Pxuket va O‘zbekiston shaharlariga aviachiptalar sertifikatini qo‘lga kiritdilar. Uzbekistan Airways stendida yakuniy kunning diqqatga sazovor lahzasi DJ Piligrimning chiqishi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, TXTY yarmarkasi har yili turizm sohasidagi ko‘plab mutaxassislarni o‘zida jamlaydi va ushbu sohani jahon miqyosida rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.

Напоминаем, что, авиакомпания является главным спонсором данного мероприятия.

Скачать PDF
eye
Специальные возможности