Hurmatli yo‘lovchilar!

Texnik ishlar bajarilishi va havo kemasi rejalashtirilgan vaqtda uchishga tayyor emasligi munosabati bilan, faqat 2023-yil 25-dekabr kuni HY603/604 Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnov 1 soatu 10 daqiqaga kechiktirilib, o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

HY603 qatnovi

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 8:30 da, mahalliy vaqt
  • Moskvaga (Domodedovo) yetib kelish soat 12:50 da, mahalliy vaqt

HY604 qatnovi

  • Moskvadan (Domodedovo) jo‘nab ketish soat 14:15 da, mahalliy vaqt
  • Toshkentga yetib kelish soat 18:10 da, mahalliy vaqt

Aviakompaniyaning texnik xizmati mutaxassislari havo kemasini rejalashtirilgan parvozga tayyorlash bo‘yicha barcha zarur ishlarni olib borishmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring!

Скачать PDF
eye
Специальные возможности