Ichki va xalqaro yo‘llarda yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki, bagajining aviatsiya xavfsizligi yuzasidan tekshiruvi parvozlar xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, fuqaro havo kemalarining jinoyatchi elementlar tomonidan kutilishi mumkin bo‘lgan qo‘lga olinishi hamda olib qochilishi va fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga boshqa g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlariga chora ko‘rish, shuningdek qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moslamalar, portlovchi, zaharli, tez o‘t oluvchi moddalar va boshqa xavfli yuklar noqonuniy tashilishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
“Uzbekistan airways” AJ aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Aeroportlarining yo‘lovchi terminallariga kirishda barcha yo‘lovchilar va keluvchilar tekshiruvning maxsus texnik vositalari yordamida aeroportning xavfsizlik xodimlari va militsiya tomonidan amalga oshiriladigan xavfsizlik uchun qo‘shimcha nazoratdan o‘tishlari zarur.
Chiptalar ro‘yxatga olingandan keyin, Xalqaro yo‘nalishlarda esa bojxona, chegara va nazoratning boshqa turlaridan o‘tilgandan so‘ng yo‘lovchilar va ular qo‘l yukining parvoz oldi tekshiruvi o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va yo‘lovchi o‘zi bilan o‘lgan buyumlarining parvoz oldi nazorati tekshiruvning texnik va maxsus vositalarini qo‘llagan holda, qo‘l (kontaktli) metodi bilan o‘tkaziladi, shuningdek tekshiruv shaxsiy (alohida) bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolariga quyidagi talablarga rioya qilinganda HK sahnida SAG tashishga ruxsat beriladi.
Barcha suyuqliklar sig‘imi 100 ml.dan oshmaydigan idishlarda tashilishi lozim. Sig‘imi 100 ml.dan ortiq konteynerlardagi suyuqliklar, agar idish qisman to‘ldirilgan bo‘lsa ham tashishga qabul qilinmaydi.
Idish bekiladigan, hajmi 1 litrdan oshmaydigan shaffof plastik paketga joylashtirilishi lozim. Idishlar zich bekiladigan, shaffof plastik paketga bemalol sig‘ishi kerak.
Ko'zdan kechirish paytida yo'lovchining qo'l yuki va bagajida aniqlangan, havo kemasida tashish taqiqlangan moddalar va ashyolar olib qo'yiladi va havo kemasi.
Begona shaxslardan bagaj, posilka, konvert va boshqa buyumlarni olish tavsiya etilmaydi, chunki ularning saqlanishi va ichidagi narsalar uchun javobgarlik yo‘lovchiga yuklanadi
Aviatsiya xavfsizligi bo'yicha tekshirish joylarida tekshirish xizmati xodimi talabiga ko'ra yo'lovchi o'z yonida va qo'l yukida olib ketayotgan elektron vositalarini yoqish orqali ishlatib ko'rsatishi hamda quvvatlantirish moslamalari va kassetalar o'rnatiladigan joylarini korsatishi shart .
Quvvat olgan elektron vositasi yoqilmasa, bunday elektron vositalar qo'shimcha maxsus texnik vositalarni qo'llash orgali tekshiriladi.
Elektron vositalar ichida taqiqlangan buyum va vositalar mavjudligi aniqlansa, bunday moslamalarning tekshiruvi to'xtatiladi, elektron vositaning egasi bo'lgan yo'lovchi havo kemasiga qo'yilmaydi.